KUZ…
Kuz..
Jimgina termulgan quyosh, oyoq ostidagi xazonlar…
O’tgan kunlar, o’tgan onlar, o’sha maxzun onlar xaqida so’ylaydilar ular… o’sha ma’yus nigox, o’sha ma’yus termulgan ko’zlar…
Xayollar qaylargadir ketganday bo’ladi, qayerlargadir sayr etganday bo’ladi-yu yana aylanib qaytadi o’zingga… shunday , xar safar ko’chalarni sayr qilganda shunday o’y xayollar…
Bir dam nimadir bo’ladi-yu xammasi unutiladiganday, bir damgina chalg’iganday bo’lasanu, ammo … .
“Men seni xar doim, xar dam kutaman…”
Sukunat aro shivirlab aytilgan so’zlar… Bilmaysan bu so’zlarni nega takror va takror aytishingni. Balki bu … .
Yana xayol qochadi. Yana qayerlargadir…
O’sha ketgan xayol aytib kelmasligini, seni tinch qo’yishini juda-juda xoxlaysan… Biroq U xar doim, xar daqiqa, xar soniya sen bilan, xa ,sen bilan…
Xolbuki orzulardan judo xam bo’lganim yo’q,
Yulduzday kulganim yo’q, oy kabi to’lganim yo’q.
Erta tong gul kabi sarg’ayib so’lganim yo’q,
Seni eslab yig’layman birinchi muxabatim,
Eslab bag’rim tig’layman, birinchi muxabbatim…
Daraxtlar bir-birlari bilan doim birgalikda, bir-birlarini ko’rib yashaydilar, ko’z o’ngilarida, xar dam xar soniya, bir damgina xam uzoqlashmasdan yashaydilar, toki… toki o’sha, ha o’sha yovuz odamlar ularni ayirmagunlaricha…
Bu taqdir, bu qismat, bu biz ko’nikishimiz lozim bo’lgan qismat bitiklari…
четверг, 29 октября 2009 г.
Подписаться на:
Сообщения (Atom)