Barcha musulmon ahliga IYD QURBON XAYITI muborak bo'lsin!!!
Bu ayyom barchamiz uchun ham muborak kun hisonlanadi.Ilohim ushbu kunda qilgan barcha ezgu amallarimiz ijobat bo'lsin.
пятница, 27 ноября 2009 г.
пятница, 6 ноября 2009 г.
yomg'ir taassurotlari...
Yomg’ir…
Yomg’ir tomchilab nimalarnidir so’zlayotganday bo’ladi.Balki osmon ko’z yosh to’kayotgandir. Yulduzlar berkinib olib bizlarga nimalarnidir demoqchidir balki. Ular ham darddan yig’larmikin?... Bu ko’z yoshlar ularni berkitibdi… Tomchilar tezlashmoqda, bu jo’shqinlikmi, yoki ko’z yoshlarning ortishi…Yomg’ir tinmay tog’di kun bo’yi,
Yomgirli kun kabi ezildi dardim.
Yaydoq ko’chalarda jim yurgan ko’yi,
Sening izlaringni axtardim…
(Abdulla Oripov)
Bugun yomg'ir yog'di ertalabdan... uyqudan uyg'ondimu qandaydir tushunarsiz hislarni tuydim.. qandaydir noma'lum. Nimadandur xafaman, yoki nimadandur xursand, yana bilmadim, rostanam noma'lum.
Dugonam uzoqda edi, uniyam sog'indim,agar u shu yerda bo'lganda edi deb o'yladim.U bilan judayam o'xshaymiz, bizning sevimli mashg'ulotimiz yomg'ir ostida uzoq sayr qilish, uzoq va yana uzoq...
Ko'chaga chiqdim.To'kilgan xazon barglari yuragimni ezdi.Kuz fasli mening eng sevimli faslim,nimagaligini bilmayman, baliki shu faslda tug'ilganim uchundir... :-)
sizga-chi kuz fasli yoqadimi???
Подписаться на:
Сообщения (Atom)